KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Grant olish uchun kimlar ariza topshirishi mumkin?

Sizning e’tiboringizga ushbu grant dasturi boyicha  moliyalashtiriladigan tashkilotlarning to’liq ro’yxatini taqdim etamiz. Savvolarga aniqlik kiritish uchun, , biz bilan bog’lanishingizni so’raymiz.

  • Nodavlat tashkilotlari
  • Nodavlat tashkilotlari
  • Xususiy universitetlar
  • Fuqarolik birlashmalari yoki shirkatlar
  • Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining boshqa shakllari (agar shubhangiz bo’lsa, biz bilan bog’laning)

Fermer xo’jaliklari yoki ovchilik xo’jaliklari kabi tijorat tashkilotlari, tegishli asosni taqdim qilgan taqdirda, grantlar olishlari mumkin.

 

Katta va kichik grantlar o’rtasidagi farq nima?

Kichik grantlar 20 000 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorida beriladi. Kichik grantlar uchun ariza berish jarayoni tanlov takliflari e’lon qilinganidan keyin bir bosqichdan iborat bo’lgan jarayon hisoblanadi. Katta grantlar 20 000 AQSh dollari yoki undan ortiq miqdorda beriladi. Katta grantlar uchun ariza berish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Grant oluvchi nomzodlar birinchi navbatda qiziqish maktubini yuboradi va agar ular tanlangan bo’lsa, ular to’liq arizasini topshirishga imkon yaratiladi.

 

Loyihaning davomiyligi

Loyihalarning davomiyligi cheklanmagan, ammo tanlovga ma’lum bir e’londagi ko’rsatmalarga e’tibor berish so’raladi. Odatda, kichik grantlar loyihalarining davomiyligi 1-2 yil, katta grantlar esa uzoqroq davom etadi. Lekin, loyihalaringizning davomiyligi sizga bog’liq. Barcha loyihalar 2024 yilning iyun oyi qadar tamomlanishi kerak.

 

Maksimal grant hajmi

Katta grantlar byudjeti $150,000 dan oshmasligi kerak.

 

Bir tashkilot ikki yoki undan ortiq grant olishi mumkinmi?

Biz bir vaqtning o’zida bir nechta grant bermaymiz: keyingi loyihani boshlashdan oldin bitta loyihani to’liq tugatishingiz kerak. Shu bilan birga, tashkilot uchun arizalar soni cheklangan emas.